Rayhona
1.Ismi-sharifi: Rayhon G`aniyeva;
2.Tug`ilgan yili: 16.09.1978 yil;
3.Oilasi: Onasi, singlisi va o`zi;
4.Onasi: Tamara Shokirova (aktrisa);
5.Otasi: Otabek G`aniyev (aktyor bo`lgan);
6 Singlisi: Nasiba, dizayner bo`lmoqchi;
7.Mutaxassisligi: psixolog;
8.Dugonasi: Eng yaqin dugonasi Shirin G`ofurova. "Vodiy sadosi” radiosi boshlovchisi;
9.Mashinasi: Kulrang "Neksiya”. Uni erkalab "qo`g`irchog`im” deydi.
10.Ammo: o`zini mohir haydovchi deya olmaydi;
11.Yoqtirgan taomi: o`zbek va xitoy taomlari. Shirin sous jon-u dili.
12.Eng xipchabel sohibasi: beli 55 sm.
13.Jalb etadigan tomonlari: Shahlo ko`zlari, sochlari, sahnadan tashqari paytda kiyinishi odmi.
14.Fe`l-atvori: o`zgaruvchan, muomalaga kirishuvchan, quvnoq, hazilkash.
15.Yoqtirgan qo`shiqchilari: Beyons Noulz, Jennefer Lopez, Maykl Jekson.
16.Shaxsiy sayti: http://www.rayhon.uz/;
17.Albomlari: "Sensiz”, "Baxtli bo`laman”, "Faqat muhabbat”, "Yodingdami”, "Sog`indim”;
18.Rayhon faoliyati bo`yicha direktor Azizxon Yo`ldoshxonov.
19.Yoqtirgan qo`shig`i: o`zining "Sen ketding”. Ruhiyatiga yaqin qo`shiq va saundtrek;
20.Ovoz yozish studiyasi "Panterra”;
21.Mashhur qo`shiqlari: "Sevgilim”, "Yodingdami”, "Asirimsan”, "Senga emas”, "Ber panoh”, "Hech ayrilma”, "Seni deb”, "Ketaman”, "Yolg`izim”, "Sen bo`lmasang”, "Yolvorma”;
22.Duetdoshlari: Abdulaziz Karim "Erkatoyim”, Davron Ergashev "Muhabbatim”;
23.Daromad manbai: To`ylar va konsertlar;
24.Kosmetik vositalari: "Cristian Dior”, "Loreal”, "Chanel” mahsulotlari;
25.Ertalab: nonushtasini onasi tayyorlab beradi. Qizi uchun ko`p yegulik xarid qilsa-da, Rayhon ko`p ovqat yemaydi.
26.Yoqtiradi: "Patrik`s” restoranida ovqatlanishni. Chunki u yerning sokin va tinch bo`lgani yoqadi.
27.Milliy san`atkorlardan tinglaydi: Munojot Yo`lchiyeva, Sherali Jo`rayev;
28.Ijodini boshlaganiga: 9 yil to`ldi. Undan oldin musiqachilar guruhida 11 yil o`qigan;
29.Bolaligida husnixati xunuk bo`lgan;
30.Yoqtirgan fasli: qish, bahor, yoz;
31.Sochlari: tabiiy jingalak bo`lganligi uchun silliqlatish maqsadida go`zallik saloniga boradi. Sochlarining uzun va chiroyli ko`rinishga ega bo`lishi uchun muntazam vitaminlar ichadi.
32.Sevadi: Allohni, haqiqatni, yaxshilikni, go`zallikni, uni sevishlarini, ijodida yaxshi qo`shiqlar yaralsa, uni olqishlashsa, basseynda cho`milishni, quyoshni, dengiz sohilida o`tirishni, oilasini, do`stlarini, bezakli taqinchoqlarni;
33.Rayhon yomon ko`radi: barcha hasharotlarni, uy hayvonlarini, xafa qilganlarni, iflosgarchilikni, sovuqni, uni xafa qilishlarini, ikkiyuzlamachilikni, orzulari sarobga aylanishini, qo`pollikni, yolg`onni;
34.Uyquga kech yotadi: undan oldin esa albatta onasiga bugungi kuni qanday o`tganini gapirib beradi;
35.Muxlislariga uch tilak: baxt, sevgi va sog`lik yor bo`lsin!